Kuchga kirgan sana: 2026-yil 29-sentabr · Yangilangan: 2026-yil 7-noyabr
"Oson arab tili" — arab tilini o'rgatadigan ilova: Telegram Mini App, sayt va Android/iOS ilovasi. Ilovani «MUDARRIS AKADEMIYA» MCHJ (STIR 309172175, manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Mirzo G'olib ko'chasi, 40A-uy) yuritadi. Android ilovasini Google Play'da «LOLAMARKET GROUP» MCHJ (dasturchi hisobi «lolamarket») nashr qiladi; xizmatni yuritadi va foydalanuvchi ma'lumotlari uchun javobgar — «MUDARRIS AKADEMIYA» MCHJ. Bu hujjat qaysi ma'lumot yig'ilishini, nima uchun kerakligini va uni qanday o'chirishni tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumot yig'amiz
Hisob ma'lumoti — Telegram orqali kirsangiz. Telegram bizga beradigan ma'lumot: Telegram ID, ism, familiya, foydalanuvchi nomi (username) va profil rasmi havolasi. Parolingizni va Telegram yozishmalaringizni ko'rmaymiz.
Mehmon hisob — Telegram'siz ochsangiz. Android/iOS ilovasini birinchi marta ochganingizda ro'yxatsiz mehmon hisob ochiladi: ichki hisob raqami, qaysi platformadan kirganingiz va oxirgi faollik vaqti. Ism ham, raqam ham so'ralmaydi. Mehmon reytingda ko'rinmaydi.
Telefon raqam — o'zingiz qo'shsangiz. Progressni saqlash, boshqa qurilmadan kirish yoki obuna olish uchun telefon raqamingizni qo'shishingiz mumkin. Raqam SMS orqali yuborilgan bir martalik kod bilan tasdiqlanadi. Kod bizda ochiq ko'rinishda saqlanmaydi, 5 daqiqa amal qiladi va bir marta ishlaydi. Shu raqam bilan avval ochilgan hisobingiz bo'lsa, ikki hisob bittaga birlashtiriladi.
Hisob raqami (UID). Har hisobga tasodifiy 8 xonali raqam beriladi. U obuna to'lovida va murojaat paytida hisobingizni tanish uchun kerak. UID bilan hisobga kirib bo'lmaydi: kirish faqat Telegram, Apple yoki SMS kod orqali.
Obuna haqida SMS. Ilovada obuna bilan ochiladigan darsni ochmoqchi bo'lsangiz, raqamingizga yoki Telegram'ingizga tarif va obuna havolasi bilan xabar yuboramiz: kuniga ko'pi bilan bitta, SMS jami 3 tadan oshmaydi, faqat soat 09:00–18:00 da. To'xtatish uchun Telegram'da @osonarabtili_support ga yozing.
Apple orqali kirish — iPhone ilovasida tanlasangiz. Apple bizga shu ilova uchun ichki identifikatorni beradi (u boshqa ilovalardagi identifikatoringizdan farq qiladi) va ruxsat bersangiz — ism va familiyangizni. Email manzil so'ralmaydi. Apple parolingizni ko'rmaymiz. Shu Apple hisobi bilan avval ochilgan hisobingiz bo'lsa, ikki hisob bittaga birlashtiriladi.
Kirish sessiyasi. Telegram'siz kirganingizda qurilmangizda kirish kaliti saqlanadi; serverda uning faqat qayta tiklab bo'lmaydigan izi (xesh), platforma va oxirgi faollik vaqti turadi. 90 kun ishlatilmagan sessiya o'zi tugaydi.
O'qish jarayoni. Tugatilgan darslar, natijalar, xatolar, XP, streak, coinlar, reytingdagi o'rin.
Ilovadan foydalanish hodisalari. Ilova ochilgani, dars boshlangani/tugagani/tashlab ketilgani, to'lov ekrani ko'rilgani kabi cheklangan hodisalar ro'yxati — ilovani yaxshilash uchun. Reklama identifikatorlari yig'ilmaydi.
Qayerdan kelganingiz. Havoladagi manba belgisi (masalan, qaysi kanal yoki QR-kod) — bir marta yoziladi.
To'lovlar — Payme yoki Click orqali. Tarif, summa, vaqt va to'lov tizimidagi tranzaksiya raqami. Karta ma'lumotlari bizga kelmaydi — ularni Payme yoki Click qayta ishlaydi.
To'lovlar — Google Play yoki App Store orqali obuna olsangiz. Mahsulot (tarif) nomi, obuna muddati, avtomatik uzayish holati, do'kondagi xarid identifikatori va do'kon bergan tekshiruv javobi. To'lov vositangiz ma'lumoti bizga kelmaydi — uni Google yoki Apple qayta ishlaydi.
Talaffuz mashqi («Ayt») — mikrofonga ruxsat bersangiz. Darsdagi «Ayt» qadamida aytgan so'zingiz yoki gapingizning ovozli yozuvi talaffuzni baholash uchun Google Gemini xizmatiga yuboriladi. Yozuv bizning serverda saqlanmaydi; bahoning o'zi (daraja) va mashq turi saqlanadi. Google uni o'z modellarini o'qitish uchun ishlatmaydi — biz Gemini API'ning pullik xizmatidan foydalanamiz. Mikrofon ixtiyoriy — ruxsat bermasangiz, qadam o'tkazib yuboriladi va darslar davom etadi.
Qurilma push tokeni — Android/iOS ilovasida bildirishnomaga ruxsat bersangiz. Bildirishnoma yetkazish uchun qurilmangizga berilgan token, platforma (Android yoki iOS), ilova versiyasi va oxirgi faollik vaqti. Bitta hisobda eng ko'pi 5 ta qurilma saqlanadi — ortig'i (eng eskisi) o'chiriladi. Ilova qurilmadan o'chirilgach token yaroqsiz deb belgilanadi va ishlatilmaydi; hisob o'chirilsa tokenlar ham o'chadi.
AI ustoz (faqat shu tarifdan foydalansangiz). Yozgan javoblaringiz, AI ustoz mashqidagi ovozli yozuvingiz va o'quv profilingiz (daraja, maqsad, qiyin mavzular). Ovozli yozuv baholash uchun Google Gemini xizmatiga yuboriladi va bizning serverda saqlanmaydi.
Bildirishnoma sozlamalari. Tanlagan eslatma vaqtingiz, o'chirilgan xabar turlari, dars qiladigan odatiy vaqtingiz (dars boshlash vaqtlaridan hisoblanadi), yuborilgan xabarlar jurnali.
Mudarris Shop. Sovg'a uchun ariza berganingizda — ariza va uni yetkazish uchun siz bergan aloqa ma'lumoti.
Suiiste'moldan himoya. Mehmon hisob ochish va SMS kod so'rash sonini cheklash uchun IP manzilingiz va telefon raqamingiz bo'yicha hisoblagich yuritiladi. Bu yozuvlar bir necha kun ichida o'chiriladi va boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
2. Nima uchun ishlatamiz
- hisobingizni tanish, progressni saqlash va boshqa qurilmada tiklash;
- darslarni, reytingni va streak'ni ko'rsatish;
- obunani faollashtirish va to'lov bo'yicha murojaatlarni hal qilish;
- eslatma yuborish — Telegram yoki ilova bildirishnomasi orqali (o'chirib qo'yish mumkin);
- yopiq darsni ochmoqchi bo'lganingizda tarif va obuna havolasini SMS yoki Telegram orqali yuborish;
- soxta hisob ochish va SMS suiiste'molidan himoyalanish;
- ilovani yaxshilash: qaysi dars qiyin, odamlar qayerda to'xtab qolyapti.
Ma'lumotingizni sotmaymiz. Reklamamiz natijasini o'lchash uchun saytda (osonarabtili.uz) Meta Pixel ishlaydi. Agar Telegramga saytdagi tugma orqali o'tgan bo'lsangiz, serverimiz Meta'ga yana ikki xabar yuboradi: botni ochdingiz va birinchi darsni tugatdingiz. Nima yuborilishi 3-bo'limdagi jadvalda. Telegram Mini App va Android/iOS ilovasi ichida Pixel yo'q; saytdan o'tmagan foydalanuvchi haqida Meta'ga hech narsa yuborilmaydi.
3. Kimlar bilan bo'lishamiz
Faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan pudratchilar bilan:
| Kim | Nima uchun | Nima oladi |
|---|---|---|
| Telegram | Kirish, bot orqali xabarlar | Telegram ID, xabar matni |
| Apple | iPhone ilovasida «Apple orqali kirish» | Kirish so'rovi; Apple bizga ichki identifikator va (ruxsat bersangiz) ismni qaytaradi |
| Payme, Click | To'lov | Buyurtma raqami, summa |
| Google Play, Apple App Store | Do'kon orqali olingan obunani tekshirish | Do'kondagi xarid identifikatori |
| Eskiz.uz (SMS xizmati) | Tasdiqlash kodini va obuna haqidagi SMS'ni yuborish | Telefon raqam, SMS matni |
| Google (Firebase Cloud Messaging) | Android/iOS ilovasiga bildirishnoma | Qurilma push tokeni, bildirishnoma matni |
| Google (Gemini) | Talaffuzni baholash, arabcha matnni ovozga aylantirish, AI ustoz javoblari | Mashq matni, «Ayt» qadamidagi ovozli yozuv; AI tarifida — javobingiz |
| Meta Platforms (Meta Pixel osonarabtili.uz saytida va serverdan Conversions API) | Reklama natijasini o'lchash: sayt ochildi, «Telegramda boshlash» bosildi; saytdan o'tganlar uchun — botni ochdi, birinchi darsni tugatdi | Sahifa manzili, brauzer va qurilma turi, IP manzil, Meta cookie'lari; serverdan — saytdagi tugma bosilgandagi shu ma'lumotlar va ichki raqamingizning qaytarib bo'lmaydigan xeshi. Ism, telefon raqam va Telegram ID yuborilmaydi. Istamasangiz — brauzerda uchinchi tomon cookie'larini yoping. Hisobni o'chirsangiz, saqlangan IP va brauzer ma'lumoti ham o'chadi |
| Server, ma'lumotlar bazasi va tarmoq himoyasi provayderlari | Saqlash va yetkazish | Barcha yuqoridagi ma'lumot, shifrlangan ulanish orqali |
Reytingda boshqa foydalanuvchilarga faqat ismingiz, foydalanuvchi nomingiz (username), profil rasmingiz va haftalik XP ko'rinadi.
4. Qayerda va qancha saqlanadi
Ma'lumot Yevropa Ittifoqidagi serverlarda saqlanadi: ilova serveri — Finlyandiyada (Hetzner), ma'lumotlar bazasi — Germaniyada (Neon). Hisob mavjud ekan — saqlanadi. Ayrim ma'lumot o'zi o'chadi:
- mehmon hisob (telefon raqam ham, Telegram ham ulanmagan, faol obunasi yo'q): progressi bo'lmasa 30 kun, progressi bo'lsa 180 kun ilova ochilmasa — hisob va unga bog'liq hamma narsa o'chiriladi;
- SMS kodi yozuvlari — muddati tugagach bir kun ichida;
- kirish sessiyasi — 90 kun ishlatilmasa;
- suiiste'moldan himoya hisoblagichlari (IP manzil, telefon raqam bo'yicha) — bir necha kun ichida.
Hisob o'chirilganda 1-bandda ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumot va progress darhol va butunlay o'chiriladi — tiklab bo'lmaydi. To'lov yozuvlari (summa, sana, tranzaksiya raqami, tarif) buxgalteriya qonunchiligi talab qilgan muddat davomida ism va aloqa ma'lumotisiz, ichki hisob raqami bilan saqlanadi.
5. Sizning huquqlaringiz
- ma'lumotingiz nusxasini so'rash;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzattirish;
- hisob va ma'lumotni o'chirish — mudarrisarabtiliakademiyasi@gmail.com ga yoki @osonarabtiliuzbot ga yozib; barcha yo'llar "Hisobni o'chirish" sahifasida yozilgan;
- bildirishnomalarni o'chirish — Profil → Bildirishnomalar; Android/iOS ilovasida qurilma sozlamalaridan ham.
Murojaatga 10 ish kuni ichida javob beramiz.
6. Bolalar
Ilova 18 yoshga to'lgan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan: talaffuzni baholash uchun ishlatiladigan Google Gemini xizmati shartlari 18 yoshdan kichiklarga mo'ljallangan xizmatlarda foydalanishga ruxsat bermaydi. Bolalardan bilib turib ma'lumot yig'maymiz; 18 yoshga to'lmagan odamning hisobi haqida bilsak, uni o'chiramiz.
7. O'zgarishlar va aloqa
Hujjat o'zgarsa, yangi sana bilan shu sahifada e'lon qilinadi; muhim o'zgarish haqida ilova ichida xabar beramiz.
Aloqa: mudarrisarabtiliakademiyasi@gmail.com · Telegram: @osonarabtiliuzbot