★ Oyiga 66 000 so'mdanArab tilini kuniga 5 daqiqada o'rganing
Kursga yozilish, jadval va bir yillik sabr kerak emas. Telegramni ochasiz — birinchi harf bugun o'rganiladi. Alifbodan boshlab, o'z sur'atingizda.
Mudarris akademiyasi metodikasi asosida- ✓ Ro'yxatdan o'tish yo'q
- ✓ Telegram ichida ochiladi
- ✓ Reklama yo'q
Nima uchun Oson arab tili?
Kursga yozilmasdan, telefonni yopmasdan o'rganish uchun kerak bo'lgan hamma narsa
Ustoz kitobi asosida
Darslar Mudarris ustozining kitobi bo'yicha tuzilgan: harflar va belgilar kitobdagi tartibda, har biri o'z vaqtida.
Talaffuz ovozi
Har bir so'z arab tilida ovozli o'qiladi. Eshitasiz, takrorlaysiz — kitobdan o'rganib bo'lmaydigan qism.
Seriya va XP
Dars qilgan har kuningiz seriyani uzaytiradi, mashq XP beradi. Kun o'tkazib yuborsangiz ham seriya uzilmaydi — faqat o'zingiz tanlagan haftalik maqsad bajarilmasa.
Alifbodan boshlab
Nol bilimdan. Kurs arab alifbosining 28 ta harfidan boshlanadi: har birini barmoq bilan ekranda chizasiz, ilova yozish yo'nalishini tekshiradi.
Reyting va sovg'alar
Boshqalar bilan yonma-yon o'rganasiz: haftalik reyting. Premium'da har bajarilgan haftadan coin yig'ib, Mudarris sovg'alariga almashtirasiz.
To'liq o'zbekcha
Tarjima orqali emas — o'zbek tilida tushuntiriladi. Ingliz tilini bilish shart emas.
3 qadamda birinchi dars
Butun jarayon 5 daqiqadan oshmaydi
Ilovani oching
Telegramda @osonarabtiliuzbot ni oching — darhol ishlaydi. Yoki ilovani do'kondan yuklab oling.
Avtomatik kirasiz
Telegram orqali o'zi kiradi: ro'yxatdan o'tish, parol va SMS yo'q. Keyin qisqa tanishuv.
Birinchi darsni yeching
3 ta qisqa mashq, taxminan 5 daqiqa. Bugun boshlagan odam bugun bitta harfni biladi.
Qayerda qulay bo'lsa — o'sha yerda
Telegram ichida darhol ochiladi yoki App Store va Google Play orqali telefoningizga o'rnatasiz. Progress bitta.
Tarifni tanlang
Kartadan pul avtomatik yechib olinmaydi — muddat tugasa obuna o'zi to'xtaydi
Plus
Butun kursga to'liq kirish
- ✓ Hamma darslar
- ✓ Birinchi kuni 3 ta, keyin kuniga 1 ta yangi dars, takrorlash cheklanmaydi
- ✓ Avtomatik yechib olish yo'q
Premium
Coin va sovg'alar bilan
- ✓ Plus'dagi hammasi
- ✓ Har uzluksiz haftadan coin yig'iladi
- ✓ Coinni Mudarris sovg'alariga almashtirish
3 va 6 oylik to'lovda narx arzonroq.
O'qing — coin yig'ing — sovg'a oling
Premium obunada haftalik maqsadingizni bajargan har hafta uchun Mudarris Coin yig'iladi — uzluksiz haftalar qancha ko'p bo'lsa, coin shuncha ko'p. Coinlarni Mudarris Shop'da sovg'aga almashtirasiz: stikerlardan tortib Mudarris maktabida bepul o'qishgacha — necha hafta uzluksiz o'qisangiz, shuncha katta sovg'a.
Dars qiling
O'zingiz tanlagan haftalik maqsadni bajaring — har bajarilgan hafta uchun coin tushadi.
Haftalarni uzmang
Har uzluksiz hafta coin ko'payadi. Hafta maqsadsiz o'tsa — yana boshidan.
Sovg'ani oling
Ilovadagi Mudarris Shop'dan ariza topshirasiz — jamoa bog'lanadi.
Sovg'alar — necha hafta uzluksiz o'qisangiz

3 hafta uzluksiz · Sovg'alarStikerlar to'plamiArab harflari va tuya Salim stikerlari.
5 hafta uzluksiz · Sovg'alarMudarris futbolkasiBrendli futbolka — o'lchamni ariza paytida aytasiz.
6 hafta uzluksiz · Sovg'alarArab tili ish daftariHarflarni yozib mashq qilish uchun.
13 hafta uzluksiz · Kids · bog'cha
Mudarris Kids — 1 oy bepulFarzandingiz Mudarris Kids bog'chasida bir oy bepul.
39 hafta uzluksiz · Sovg'alariPad9 oy uzluksiz haftalik maqsadini bajargan o'quvchiga.
104 hafta uzluksiz · Maktab
Mudarris maktabi — 1 yil bepulFarzandingiz (yoki o'zingiz) Mudarris maktabida bir o'quv yili bepul o'qiydi.
Mudarris ekotizimi — sovg'alar shu yerdan
Coin va sovg'alar — Premium tarifida: coin yig'iladi va sovg'aga almashtiriladi (Plus va bepulda coin yig'ilmaydi). Har bir ariza Mudarris jamoasi tomonidan tasdiqlanadi. Sovg'alar ro'yxati yangilanib boradi.

Ortimizda — Mudarris akademiyasi
Oson arab tili — Mudarris akademiyasi loyihasi. O'quv markazimizga kelolmasangiz ham arab tilini o'rgatamiz: dars dasturi va metodikani Mudarris ustozi tuzadi va tekshiradi.
- Filiallar:
- Sergeli
- Beruniy
- Qo'yliq
- Algoritm
- Qiyot
Ko'p so'raladigan savollar
Boshlashdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan narsalar
Oson arab tili nima?
Arab tilini kuniga 5 daqiqalik qisqa darslar orqali, o'yin shaklida o'rgatadigan ilova. Telegram ichida darhol ochiladi yoki do'kondan yuklab olinadi. Boshlash uchun ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi.
Nol bilimdan boshlasam bo'ladimi?
Ha, aynan shunday odamlar uchun qilingan. Kurs arab alifbosidan boshlanadi: 28 ta harf va harakat, sukun kabi belgilar kitobdagi tartibda, birma-bir o'rgatiladi. Oldindan hech narsa bilish shart emas.
Nima bepul, nima pullik?
Darslar obuna bilan ochiladi: Plus yoki Premium (66 000 so'm/oydan). Obuna olgan kuningiz 3 ta dars, keyin kuniga 1 ta yangi dars — kuniga 5 daqiqa odatini saqlash uchun; o'tilgan darslarni takrorlash cheklanmaydi.
Nechta dars bor?
Hozir 10 bo'lim, 84 dars va 1161 ta mashq. Kontent to'ldirilib boriladi — yangi darslar qo'shilganda ular obunangizga qo'shimcha to'lovsiz ochiladi.
Ilovani yuklab olishim kerakmi?
Shart emas. Telegramda botni ochsangiz ilova o'sha yerda ochiladi. Xohlasangiz do'kondan yuklab olasiz — progress ikkalasida bitta.
Kuniga qancha vaqt kerak?
Taxminan 5 daqiqa. Bitta darsda 3 tadan 23 tagacha qisqa mashq bor, o'rtacha 14 ta. Vaqtingiz bo'lsa ketma-ket bir nechta dars yechishingiz mumkin.
Seriya qachon uziladi?
Dars qilgan har kuningiz seriyaga qo'shiladi. Kun o'tkazib yuborsangiz uzilmaydi: seriya faqat hafta (dushanba–yakshanba) siz tanlagan maqsadsiz tugasa noldan boshlanadi — masalan, haftasiga 3 dars tanlab, 3 ta dars qilmasangiz. Takror, «Bugungi takror» va kursdan keyingi «Kunlik o'qish» ham maqsadga sanaladi. Muzlatish va sotib olinadigan tiklash yo'q — barcha tariflarda bir xil.
Plus va Premium nimasi bilan farq qiladi?
Ikkalasida ham ilovaning hamma darslari va imkoniyatlari ochiq. Farqi — coin: Premium'da haftalik maqsad bajarilgan har hafta coin yig'iladi va uni Mudarris sovg'alariga almashtirasiz. Plus'da coin yig'ilmaydi. Seriya hamma tarifda bir xil yuradi.
To'lovni qanday qilaman?
Payme yoki Click orqali, ilova ichidan. Karta ma'lumotlari to'lov tizimida qoladi — bizda saqlanmaydi. Kartadan pul avtomatik yechib olinmaydi: obuna tanlangan muddat tugagach o'zi to'xtaydi, davom ettirish uchun yana o'zingiz to'laysiz.
Diniy kontent bormi?
Bu — til kursi. Darslar Mudarris akademiyasining tasdiqlangan «Boshlang'ich arab tili» kitobi asosida tuzilgan va kitobdagi o'qish misollari o'zgartirilmasdan beriladi — ular orasida diniy so'z va iboralar ham bor. Ilova o'zidan diniy matn qo'shmaydi.






